Jahon | 13:43 / 15.06.2023
15315
2 daqiqa o‘qiladi

Politico: Vashington Kiyevga qarshi hujum bo‘yicha talab qo‘ydi

Foto: Getty Images

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qarshi hujumda katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun talabini ilgari surdi. Bu haqda Politico sharhlovchisi Jyeymi Dettmer xabar berdi

Jurnalistning eslatishicha, Vashington omma oldida Kiyevni qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bir necha bor ta’kidlagan. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, AQSh rasmiylari ukrainaliklarni keyingi harbiy yordam olish uchun yaqin kelajakda jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishish kerakligi haqida ogohlantirgan. 

Dettmerning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning o‘zi Rossiya bilan mojaroda jiddiy choralar ko‘rishga majbur qilinishiga qarshi. Ukraina qo‘shinlarining muvaffaqiyatsizligi G‘arbning umidlarini puchga chiqarishi mumkin, deya xulosa qiladi Politico sharhlovchisi. 

Avvalroq Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi Larri Jonson Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujum paytidagi yo‘qotishlarini «haddan tashqari ko‘p» deb atagan edi. Tahlilchi buni Kiyevda yetarlicha harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa tizimlari yo‘qligi bilan izohladi. 

Mavzuga oid