Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qiladi
O‘zbekiston fuqarolari Ruminiyaga qurilish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida ishga jalb qilinadi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Ruminiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Kristian Chobanu va bosh konsuli Luminita Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish, fuqarolarni ushbu davlatga qurilish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga qonuniy hamda tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Ruminiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini ish faoliyati davomida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
12:16 / 19.05.2025