Jahon | 11:21 / 20.06.2023
6087
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda pedofillar uchun kimyoviy kastratsiya joriy qilinadi

Belarus Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuraturaning taklifiga binoan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar tayyorladi. Tuzatishlar pedofiliyani majburiy davolashni, jumladan, kimyoviy kastratsiya qilishni nazarda tutadi. 

Belarus Bosh prokuraturasi

Belarus Ichki ishlar vazirligi respublika Bosh prokuraturasining taklifiga binoan, Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo bilan birga pedofillarni majburiy davolashni nazarda tutuvchi tuzatishlar tayyorladi. Bu haqda 19 iyun, dushanba kuni Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Anjyelika Kurchak ma’lum qildi, uning bayonoti idora Telegram-kanalida taqdim etildi. 

«Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pedofiliya bilan og‘rigan shaxslarni davolash, jumladan, kimyoviy kastratsiyadan foydalanish bo‘yicha klinik protokollar ishlab chiqildi va tasdiqlandi», — dedi Bosh prokuratura vakili. 

Bundan tashqari, Kurchakning so‘zlariga ko‘ra, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko vazirlikning «bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash» uchun ota-onalarning mas’uliyatini kuchaytirish, bolalar erkinligini ta’minlash, «noan’anaviy oilaviy munosabatlar, pedofiliyani targ‘ib qilish» uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid