Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ekologik toza davlatlar reytingida 107-o‘rinda
Daniya, Buyuk Britaniya va Finlandiya ekologik toza davlatlar reytingida oldingi o‘rinlarda bormoqda.
O‘zbekiston 2022 yilda ekologiya darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 180 ta davlat ichida atigi 107-o‘rinni egalladi. Bu haqda The Environmental Performance Index saytida xabar berildi.
Birinchi o‘rinni 77,9 ball bilan Daniya egalladi. Ekologik jihatdan eng qulay mamlakatlar o‘nligiga Buyuk Britaniya, Finlandiya, Malta, Shvetsiya, Lyuksemburg, Sloveniya, Avstriya, Shveytsariya va Islandiya ham kirdi.
O‘zbekiston atigi 38,2 ball to‘pladi, bu reyting yetakchisidan ikki baravar past. So‘nggi 10 yilda mamlakat atigi 1,9 ball to‘pladi xolos.
Taqqoslash uchun, reytingda Belarus (55-o‘rin), Armaniston (56-o‘rin) va Qozog‘iston (93-o‘rin) yaxshiroq natijaga erishgan. Rossiya (112-o‘rin), Tojikiston (117-o‘rin), Turkmaniston (118-o‘rin) va Qirg‘iziston (126-o‘rin) nisbatan yomonroq natija ko‘rsatgan. Reytingning so‘nggi o‘rnida 18,9 ball bilan Hindiston joylashgan.
Dunyoning eng toza mamlakatlari reytingi har yili AQSh Yyel universiteti ekologiya huquqi va siyosati markazi tomonidan tuziladi. Ekologik samaradorlik tadqiqoti tabiiy muhit holati va uning ekologik tizimlarining hayotiyligi, biologik xilma-xillikni saqlash, aholi salomatligi, inson faoliyatining atrof-muhitga ta’siri darajasi, shuningdek ekologiya sohasidagi davlat siyosatining samaradorligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar asosida ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish holati bo‘yicha mamlakat yutuqlarini o‘lchaydi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025