O‘zbekiston | 13:11 / 22.06.2023
6112
1 daqiqa o‘qiladi

Hisob palatasiga qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklanmoqda

Senat qirq ikkinchi yalpi majlisida “Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: Senat.uz

Qonunda Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilingani va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani, Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilingani uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlarini berish nazarda tutilmoqda.

Hisob palatasining o‘z ish rejalari, moliyaviy huquqbuzarliklar va ularni bartaraf etish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining veb-saytiga joylashtirishga hamda jamoatchilikni o‘z faoliyati haqida har chorakda xabardor qilib borishga doir majburiyatlarini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari kengaytirilib, taftish, tekshirish va o‘rganishga oid nazorat tadbirlarining farqli tomonlari ochib berilgan va ularni amalga oshirish mexanizmlari huquqiy jihatdan mustahkamlangan.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mavzuga oid