Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kam ta’minlangan shaxslarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi
Kam ta’minlangan, teng huquqliligi buzilgan hamda psixiatriya yordami ko‘rsatilayotgan shaxslarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi.
Adliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’lumot berildi.
Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar ro‘yxatiga fuqarolik, ma’muriy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Qonunga asosan, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatgan advokatlar haqidagi ma’lumotlar ochiq va shaffof holda “Yuridik yordam” axborot tizimida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi
13:44 / 18.02.2025
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi
08:43 / 11.02.2025