Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan ajratiladi
"Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda «Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
Tashkil etilgan jamg‘arma hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023 yil davomida 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratadi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar hisoblanadi:
- O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga asosan hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan;
- yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy homiylik mablag‘lari va mol-mulklari;
- jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan tushadigan tushumlari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Quyidagilar jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- mahallalar hududlaridagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini ta’mirlash va tiklash;
- mahalla infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
- mahallalardagi ko‘chaboshi va uyboshilarini rag‘batlantirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy tomondan ko‘maklashish hamda ularning turar joylarini ta’mirlash;
- fuqarolar yig‘inlari binolari va ularning joylashgan hududlarda sport maydonchalari, nuroniylar maskani, yoshlar markazi, bolalar maydonchalari, kutubxona, madaniyat markazlarini qurish, yirik va mayda ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta’minlash;
- «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «mahalla bog‘lari»ni tashkil qilish;
- mahallani kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish markaziga aylantirish bo‘yicha «Mahalla startapi» va mikroloyihalarni amalga oshirish;
- mahallada jinoyatchilik oldini olish hamda mahalla obodligiga o‘z hissasini qo‘shgan tashabbuskor fuqarolarni rag‘batlantirish;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
22:01 / 25.01.2025