Jahon | 20:26 / 26.06.2023
34967
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ommabop tillar reytingi e’lon qilindi 

Yuqori uchlikdan ingliz, Xitoy va hind tili joy oldi. 

Foto: Getty Images

Germaniyaning Statista marketing ma’lumotlar kompaniyasi tadqiqot o‘tkazdi va odamlar eng ko‘p gapiradigan tillar ro‘yxatini tuzdi. 

Reytingning birinchi pog‘onasini ingliz tili egalladi. Bu tilda 1,5 milliardga yaqin odam so‘zlashadi va dunyoning 40 ta davlatida u rasmiy til hisoblanadi. Bundan tashqari, odamlar uni ko‘proq o‘rganishga harakat qiladi. 

Ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Xitoy tilining Mandarin lahjasi bo‘lib, unda deyarli 1,2 milliard kishi so‘zlashadi. Xitoy tilini o‘rganuvchilar ko‘proq aynan shu lahjani tanlaydi. 

Uchinchi o‘rinda hind tili bo‘lib, unda 600 million kishi so‘zlashadi. U Hindistonda eng ko‘p gapiriladigan til. 

To‘rtinchi o‘rinda ispan tili, unda 550 million kishi so‘zlashadi va 20 dan ortiq mamlakatlarda rasmiy til hisoblanadi. 

Fransuz tilida (5-o‘rinda) 300 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi va u Yevropada ikkinchi o‘rinda turadi. 

Arab tili reytingda oltinchi o‘rinni egalladi (yer yuzida 275 million kishi so‘zlashadi). 

Keyingi o‘rinlarda Bengal tili (Hindistonda 273 mln kishi so‘zlashadi), portugal tili (264 mln kishi so‘zlashadi), rus tili (255 mln kishi so‘zlashadi) va urdu tili (asosan Pokiston va Hindistonda 232 mln kishi so‘zlashadi). 

Mavzuga oid