Qurbonlikka atalgan qo‘ylar – fotogalereya
Qurbon Hayitigacha aksariyat jonliq so‘yuvchi chorva bozoridan o‘z xaridini amalga oshirib bo‘ldi. Lekin keyingi yillarda chorva olish uchun bozorga borishga hojat qolmadi. Qishloqda va hatto shaharlarda ham 500 boshgacha qo‘y boqilib oldi-sotdi aynan chorva parvarish qilingan xonadonlarda amalga oshirilyapti.
Ayni kunlarda xonadonida qo‘y parvarishlayotgan Farg‘ona shahrining Jo‘ydam mahallasida yashovchi Azizbek Akbarov hamda toshloqlik Aslbek Qurvonaliyevlarning qo‘li qo‘liga tegmayapti. Ulug‘ bayram arafasida chorva boqilayotgan xonadonlarlarda xaridorning keti uzilmaydi. Bugungi kunda qo‘ralardagi 25 kgdan to 80 kggacha tosh bosadigan qo‘ylar kilogrammi 83 ming so‘mdan 85 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilyapti. Kun.uz muxbiri ayni shu xonadonlarda bo‘lib suratlar jamladi.
Sarvar Ziyoyev
Mavzuga oid
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi
10:22 / 08.07.2024
Qirg‘izistonda 250 boshga yaqin qo‘ylar chaqmoq urishidan nobud bo‘ldi
21:29 / 15.06.2024