Oramizdagi odamlar: maosh olmaydigan yo‘l tozalovchi
Mashinada ketayotib qo‘lidagi chiqindini shunchaki oynadan tashlab ketishni afsuski ko‘pchilik oddiy qabul qiladi. Uning chiqindisini tozalab yurishga kimdir majburdek go‘yo.
Abdulhay Tojiboyev bir necha yil avval ko‘zidagi kasallik bilan shifokorga murojaat qiladi. Shifokorlar ko‘zida muammo yo‘qligi, muammo asab bilan bog‘liqligi, bundan qutulish uchun biror bir mashg‘ulot bilan shug‘ullanish kerakligini tavsiya beradi. Shundan keyin qahramonimiz yo‘llar chetidagi chiqindilarni tozalashni o‘ziga mashq qilib oladi.
U har kuni erta tongda Namangan – Toshkent yo‘nalishidagi katta yo‘lda 15-20 km masofani suv idishlari va boshqa chiqindilardan tozalab chiqadi. Uning aytishicha, ba’zida hayvonlarni mashina urib ketishi sababli, ularning o‘ligini ham yo‘l chetidan olib, ko‘mib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Abdulhay Tojiboyev bu ish ortidan vaqt o‘tkazishi, jismoniy harakat qilishi va sog‘ligiga foyda olayotganini aytadi. Shu bilan birga, bu ishidan oz bo‘lsa-da daromad oladi.
“Nafaqam qachon chiqadi deb kutib o‘tirmayman. Yo‘l chetlarida topgan-terganlarimni sotib ro‘zg‘orga ishlataman. Buning uchun biror kimdan haq olmayman”, – deydi qahramonimiz.
Tohirjon Tursunov
Kun.uz
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025