Jahon | 08:36 / 30.06.2023
6277
2 daqiqa o‘qiladi

Virgin Galactic kosmoleti birinchi tijorat parvozini amalga oshirdi

Milliarder Richard Brensonning 2004 yilda tashkil etilgan kompaniyasi koinotga birinchi tijorat parvozini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Foto: Reuters

Koinot turizmi bilan shug‘ullanuvchi milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kemasi 29 iyun, payshanba kuni koinotga birinchi tijorat parvozini muvaffaqiyatli yakunladi

Eve samolyot tashuvchisi VSS Unity kosmoplani bilan birgalikda AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi kosmoportdan uchirilgan, 13600 metr balandlikda kosmoplan tashuvchidan ajralib, o‘z dvigatellarini ishga tushirdi va maksimal 85 km balandlikka ko‘tarilib, kosmosning chekkasiga yetib boradi. 

Bortda Italiyadan uch nafar uchuvchi ofitser, shuningdek, Virgin Galactic kompaniyasidan ikki uchuvchi va bir instruktor bo‘lgan. Butun parvoz taxminan bir yarim soat davom etdi. Ekipaj tortishish kuchi bo‘lmagan sharoitda bir necha daqiqa vaqt o‘tkazdi, shundan so‘ng ular Yerga qaytdi. Kosmoplanning navbatdagi uchirilishi 2023 yil avgustiga mo‘ljallangan. 

Shundan so‘ng Virgin Galactic har oy parvoz qilishni rejalashtirmoqda. Hammasi bo‘lib 800 ga yaqin odam 250 dan 450 ming dollargacha bo‘lgan chiptalarni xarid qilgan. Kompaniya 2004 yilda tashkil etilgan, ammo o‘shandan beri texnik qiyinchiliklar tufayli uzoq vaqt davomida tijorat reyslarini yo‘lga qo‘ya olmadi. Unity kemasi 2018 yil oxirida 80 km balandlikka chiqdi. 2021 yilda kompaniya asoschisi Richard Brensonning o‘zi unda parvozni amalga oshirgan. 

Mavzuga oid