Jahon | 13:49 / 30.06.2023
9459
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Kommunistik partiyasi a’zolari soni 100 millionga yaqinlashdi

Foto: Reuters

Xitoydagi hukmron Kommunistik partiya (XKP) dunyodagi eng yirik siyosiy kuch sifatidagi maqomini saqlab qoldi. Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining tashkiliy bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda partiya a’zolari soni 98 milliondan ortiq. Bu haqda XKP veb-saytida aytilgan.

«Xitoy Kommunistik partiyasi 2022 yil oxirida 98,04 million a’zoga ega edi. Bir asrlik ko‘tarilishlar va pasayishlar, o‘n yillik inqilobiy yo‘l bilan yangi davrga o‘tgandan so‘ng, Xitoy Kommunistik partiyasi yanada kuchliroq bo‘ldi. Tashkiliy tizim tobora qattiqlashdi, hukmron partiya doimiy ravishda mustahkamlanib bordi», — deyiladi partiya bayonotida.

Partiya tegishli statistik ma’lumotlarni XKP tashkil etilganining navbatdagi yilligi arafasida e’lon qildi – 1 iyul kuni dunyodagi eng yirik siyosiy kuch 102 yoshga to‘ladi. 

Shu bilan birga, Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi 2021 yildan 2022 yilgacha partiya a’zolari soni milliondan ortiq kishiga ko‘payganini, o‘tgan yil oxiriga kelib boshlang‘ich tashkilotlar soni esa 5 milliondan oshganini ta’kidladi.

Mavzuga oid