Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusning Niderlandiyadagi elchixonasi noma’lum shaxslar hujumiga uchradi
Haagadagi diplomatik missiya binosining bir nechta oynalari sindirilgan, “Yashasin Belarus!” va Aleksandr Lukashenkoni terrorizmda ayblagan yozuvlar qoldirilgan. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi va tergov ishlarini olib bormoqda.
2 iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Belarusning Niderlandiyadagi elchixonasiga hujum qildi. Haagadagi diplomatik vakolatxona binosining bir nechta oynalari singan. Bundan tashqari, "Yashasin Belarus!" va Belarus hukmdori Aleksandr Lukashenkoni terrorizmda ayblagan yozuvlar qoldirilgan, deb xabar berdi Gollandiyaning Omroep West media kompaniyasi.
Politsiya 31 yoshli erkakni hujumda gumon qilib hibsga oldi. Voqea yuzasidan tergov boshlangan. Belarus Tashqi ishlar vazirligi vandalizm aktini tasdiqladi.
Niderlandiya parlamentining “Demokratlar 66” so‘l-liberal partiyasi a’zosi Syord Syordsma voqeani qoralab, xorijiy davlatlar elchixonalari va qarorgohlariga hujum qilmaslikka chaqirdi. Bunday harakatlar xorijdagi niderland diplomatlarini "ko‘proq himoyasiz qiladi", dedi parlamentariy.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:05 / 10.05.2025