O‘zbekiston | 13:16 / 04.07.2023
4914
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda hajdan qaytuvchi ziyoratchilar «Novza» masjidida kutib olinadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hojilarni kutib olish bo‘yicha xabarnoma e’lon qildi.

Foto: muslim.uz

O‘zbekistonlik ziyoratchilar “Haj – 2023” mavsumini yakunladi va ayni paytda birin-ketin respublikaga qaytishga taraddud ko‘rmoqda.

Bugun, 4 iyul kuni birinchi guruh ziyoratchilar respublikaga qaytib keladi. 

Ziyoratchilar poytaxtdagi "Novza" masjididan tartibli ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatilgan edi. Hojilarni kutib olish jarayonini chiroyli tartibda tashkil etish maqsadida, ular aynan shu masjidda kutib olinadi.

Kutib oluvchilardan aeroportga chiqib, ortiqcha ovora bo‘lmaslik, qolaversa, aeroport hududida tirbandlik hosil qilmaslik so‘ralgan.

O‘zbekistonliklar joriy yil 4-22 iyul kunlari Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukusga parvoz qilib, qaytib keladi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid