Jahon | 15:03 / 04.07.2023
8024
1 daqiqa o‘qiladi

Lexus’dan Mazda’gacha. So‘nggi 10 yillikdagi eng ishonchli avtomobillar ma’lum qilindi

HotCars portali Amerika bozoridagi so‘nggi 10 yillikning eng ishonchli avtomobillari ro‘yxatini e’lon qildi.

Reyting ko‘plab ma’lumotlar bazalari va turli hisobotlarga (Kelly Blue Book, CarEdge, ConsumerRepors, J.D. Power, Edmunds va CarSurvey) tayanib tuzib chiqilgan.

Ro‘yxatning 1-pog‘onasini 2015 yildan beri ishlab chiqarilayotgan Lexus RX egallagan.

Ikkinchi o‘rinni 2009 yildan beri sotilayotgan Toyota 4Runner band qilgan. Kuchli uchlikdan Ford Expedition yo‘ltanlamasi o‘rin olgan.

Top-14 quyidagicha ko‘rinishda:

1. Lexus RX;

2. Toyota 4Runner;

3. Ford Expedition;

4. Mazda CX-5;

5. Lexus GX;

6. Honda CR-V;

7. Kia Sportage;

8. Buick Encore;

9. Toyota Highlander;

10. GMC Yukon;

11. Chevrolet Tahoe;

12. Hyundai Tucson;

13. Toyota RAV4;

14. Toyota Land Cruiser.

Mavzuga oid