Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg NATO bosh kotibi lavozimida yana bir yil qoladi
U 2023 yil kuzida vakolat muddati tugagach, bu lavozimni tark etish niyatida ekanini aytgandi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg yana bir yil ushbu lavozimda qoladi. Mulozim Ukraina masalasida NATO birligini saqlab qolgani, Kiyevni faol qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchilar va global mojarodan qo‘rqqanlar o‘rtasida muvozanatni topgani uchun qadrlanadi. Bu haqda Reuters yozdi.
NATO davlatlari Yyens Stoltenbergning alyans rahbari lavozimidagi vakolatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi, deyiladi tashkilot bayonotida. Qaror NATO a’zolarining Vilnyusdagi yig‘ilishida ma’qullanadi.
«NATO ittifoqchilarining bosh kotiblik muddatimni 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirish haqidagi qarori men uchun sharaf», deb yozdi Stoltenberg ijtimoiy tarmoqda. Uning aytishicha, bugungi «xavfliroq dunyoda» Ittifoq har qachongidan ham muhimroq.
Diplomatlar va tahlilchilar Stoltenbergni Ukraina masalasida NATO birdamligini, Kiyevni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlashga chaqirayotganlar va global mojaro avj olishidan qo‘rqqanlar o‘rtasida muvozanatni saqlagani uchun olqishlamoqda. NATO sobiq matbuot kotibi Jyeymi Shi so‘zlariga ko‘ra, alyans a’zolari «hozirgi rahbar – eng yaxshi bosh kotib» deb hisoblamoqda.
May oyida Stoltenberg vakolat muddati 2023 yilning kuzida tugagach, lavozimni tark etish niyatida ekanini aytgandi.
Stoltenberg 2014 yilda NATO bosh kotibi bo‘ldi, bundan oldin Norvegiya bosh vaziri edi. Dastlab uning vakolati muddati 2018 yilda tugashi kerak edi. Biroq shundan so‘ng ikki marta ikki yilga uzaytirildi. 2022 yilda NATO Stoltenberg mandatini yana bir yilga uzaytirdi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025