Buxoroda bank xodimi 41 kishining plastik kartasidan pul o‘g‘irlagani aniqlandi
21 yoshli xodim pensiya va nafaqa pullari sifatida to‘lanishi kerak bo‘lgan 21 million so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bankning 21 yoshli xodimi 41 kishining plastik kartasidan 21 million so‘mdan ziyod pulni o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda bank kartasi hisobidan pullar yo‘qolganini bildirgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida pullarni o‘zlashtirgan shaxs bank xodimi ekani aniqlangan.
Tergov harakatlari davomida ushbu xodim 2022 yil noyabr oyidan 2023 yil 29 may kuniga qadar fuqarolarning pensiya to‘lovlari, moddiy yordam va 2 yoshgacha nafaqa pullarini olish maqsadida ochilgan 48 bank kartalarining 41 tasidan jami 21 million 900 ming so‘m pullarni o‘g‘irlagan. U bu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Ushbu holat yuzasidan 2002 yilda tug‘ilgan G‘ijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassa kassiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda o‘g‘irlangan mablag‘larning barchasi qoplanib, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
11:34 / 08.10.2024