Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya bort kuzatuvchilarni qabul qilmoqda
Milliy aviatashuvchi o‘z aviaparkini doimiy ravishda to‘ldirib, yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda, parvozlar sonini oshirib, yangi kadrlar tayyorlashni davom ettirmoqda.
Agar siz doimiy izlanishda bo‘lib, qiziqarli va barqaror ish izlayotgan bo‘lsangiz, Uzbekistan Airways eng romantik kasb vakillaridan biri bo‘lishni taklif qiladi. Aviakompaniya sizning ta’limingizga sarmoya kiritadi va butun dunyo bo‘ylab parvozlarning keng geografiyasini kafolatlaydi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
- Yoshi 18 dan 26 gacha;
- · Kamida o‘rta umumiy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak ;
- Qizlar uchun: bo‘yi 162 dan 175 santimetrgacha;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;

Taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar (skaner qilingan):
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi;
- Ish yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma;
- Ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat;
- Yashash joyidan ma’lumotnoma;
- Foto 4x6
- To‘ldirilgan anketa (yuklab olish)
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi dastlabki tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan barcha nomzodlar uchun o‘qish narxini to‘lashga tayyor.
Barcha kerakli ma’lumot aviakompaniyaning wwwuzairways.com saytida e’lon qilingan.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
21:10 / 10.11.2024