Jahon | 09:57 / 08.07.2023
10220
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden: AQSh o‘zining kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qildi

Qo‘shma Shtatlar kimyoviy qurolga ega bo‘lgan oxirgi davlat bo‘ldi, deydi KQTT. Tashkilot Amerika prezidentining bayonotini tasdiqladi.

Foto: AP Photo/David Zalubowski

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi kimyoviy qurol zaxiralari to‘liq yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Uning bayonoti 7 iyul, juma kuni Oq uyning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Vashingtonda ta’kidlanishicha, mamlakatdagi kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish jarayoni 30 yildan ortiq davom etgan. Bayden Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotini (KQTT) qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi va Ommaviy qirg‘in qurollarini taqiqlash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishga chaqirdi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Rossiya va Suriyani konvensiyani buzganlikda ayblab, bu davlatlar unga rioya qilishga qaytishi va «o‘z hujumlari uchun qo‘llanilgan e’lon qilinmagan dasturlarini tan olishi» kerakligini aytdi.

O‘z navbatida, KQTT AQShni kimyoviy qurolga ega oxirgi davlat deb hisoblagan. Tashkilot ushbu turdagi qurollarning AQShda yo‘q qilinganini tasdiqlab, bu «barcha kimyoviy qurollarni butunlay yo‘q qilish maqsadiga erishish yo‘lidagi muhim qadam» ekanini ta’kidladi. 

Kimyoviy qurollar bo‘yicha konvensiyaga hali to‘rt davlat qo‘shilmagan, deydi KQTT. Bundan tashqari, «tashlangan va eski kimyoviy qurollarni» yo‘q qilish kerak, deya ta’kidladi tashkilot. 

Mavzuga oid