Jahon | 10:59 / 08.07.2023
9139
2 daqiqa o‘qiladi

Samara yaqinidagi zavoddagi portlashda olti kishi halok bo‘ldi

Chapayevskdagi «Promsintez» zavodida yuz bergan portlash natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan, deb yozadi davlat agentliklari.

Foto: forpost

Samara viloyatining Chapayevsk shahridagi «Promsintez» zavodida yuz bergan portlash natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda 7 iyul, juma kuni Rossiya davlat agentliklari favqulodda xizmatlarga tayanib ma’lum qildi.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, portlash ishlab chiqarish sexidagi quvurda ishlash vaqtida sodir bo‘lgan. Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn yozganidek, quvurlarda portlovchi moddalar qoldiqlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. 

«Promsintez» aksiyadorlik jamiyati 1997 yil fevral oyida tashkil etilgan. U Samara Sergiyevskiy portlovchi moddalar zavodining vorisi bo‘lib, Rossiya va MDHda ushbu sohadagi asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida o‘zini namoyon qilgan. Zavodda, xususan, anilin, bo‘yoqlar va polimerlar ishlab chiqarish uchun asos bo‘lgan nitrobenzol ishlab chiqariladi. Mash kanalining xabar berishicha, kompaniya trotil va ammonal ishlab chiqaradi. 

Mavzuga oid