O‘zbekiston | 07:32 / 11.07.2023
13217
1 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti bayramida 1 mln 163 ming o‘zbekistonlik sayohatga chiqdi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28 iyun – 2 iyul kunlari mamlakat aholisi uchun 5 kunlik dam olish e’lon qilingan edi.

Foto: Kun.uz

Shu kunlarda respublika bo‘yicha jami 1 mln 163,1 ming mahalliy aholi mahalliy sayohatlarga chiqdi.

Jumladan, Surxondaryo viloyatiga 255 ming, Samarqand viloyatiga 215 ming, Xorazm viloyatiga 116,1 ming, Toshkent viloyatiga 88,7 ming, Qashqadaryo viloyatiga 85 ming, Toshkent shahriga 78,5 ming, Buxoro viloyatiga 70,0 ming nafar aholi ziyorat va turli maqsadlarda tashrif buyurgan.

Mahalliy aholiga Qurbon hayiti bayramida qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida respublika bo‘yicha 600 dan ortiq joylashtirish vositalari (mehmonxona, oilaviy mehmon uylari) tomonidan 10 foizdan 40 foizgacha maxsus chegirmalar taqdim etildi.

Hududlardagi 330 ta ovqatlanish shoxobchalari tashrif buyurganlarga 5 foizdan 30 foizgacha chegirmalar joriy qildi. Toshkent shahridagi 60 ta ovqatlanish maskanida joriy qilingan chegirmadan 28 ming nafardan ortiq sayyoh foydalangan.

Mavzuga oid