Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharoiti “og‘ir” tumanlarda tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanadi
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qildi.
Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksiga budjet tashkilotlariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish, ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan yer solig‘ini to‘lash, foydalanilmayotgan binolar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalariga nisbatan tegishli soliqlarning oshirilgan stavkalarini qo‘llash tartibini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
O‘z faoliyatini sharoiti “og‘ir” tumanlarda amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari, elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlari uchun bir qator soliqlar (masalan, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq) bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda.
Fraksiya a’zolari ushbu qonun loyihasi soliq tizimini takomillashtirishga, biznes muhitini yaxshilashga, aholini qo‘shimcha ravishda ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga va ularning mulkiy huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishini e’tirof etib, qonun loyihasini ma’qulladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025