Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘lovchi tashishdagi zararni qoplash uchun 18 mlrd so‘m ajratiladi
Toshkent shahar hokimiyati «Toshshahartransxizmat»ga yo‘lovchilarni tashish davomida yuzaga keladigan zararlarni qoplashi uchun mablag‘ ajratish haqidagi qarorni qabul qildi.
Cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashishdan yuzaga kelgan zararni qoplash yuzasidan Toshkent shahar hokimi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, «Toshshahartransxizmat» AJga buning uchun 18 mlrd so‘m ajratiladi.
Mazkur mablag‘ respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilishi belgilangan.
Qarorda shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi 2023 yil poytaxt mahalliy budjetiga tegishli o‘zgartirishlarni amalga oshirishi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, aprel oyida poytaxtda jamoat transporti tarkibining oshgani ortidan undan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni oshgani e’lon qilingandi. Xususan, 2023 may oyida avtobuslar kuniga o‘rtacha 782 mingdan ortiq yo‘lovchi tashigan. Bu 2022 yilning xuddi shu davriga nisbatan 63 foizga ortganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025