Vilnyusda NATO sammiti ochilyapti
Sammitda Kiyev alyansga qo‘shilish taklifini olmasligi kutilmoqda, ammo A’zolik harakat rejasidan voz kechish orqali Ukrainaning a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinishi ehtimoli katta.
11 iyul, seshanba kuni alyansning 31 ta davlati rahbarlari Litva poytaxtida uchrashmoqda. Kutilishicha, asosiy mavzular Ukrainaning NATOga a’zoligi va Shvetsiyaning a’zo bo‘lishi masalalari bo‘ladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vilnyusga kelishi ma’lum bo‘ldi - uning alyans rahbari Yyens Stoltenberg bilan qo‘shma chiqishi 12 iyulga rejalashtirilgan. Avvalroq Ukraina rahbari agar Ukraina u yerda NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha real natijalarga erishmasa, sammitga bormasligini aytgan edi. Taxminlarga ko‘ra, Kiyev sammit doirasida alyansga qo‘shilish taklifini olmaydi - AFP agentligiga ko‘ra, AQSh va Germaniya urishayotgan davlatning NATOga kirishiga qarshi, ammo yuqori darajada a’zolik harakat rejasini bekor qilish orqali jarayonni tezlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Bu a’zolikka nomzodlar, masalan, harbiy va razvedka sohalarida yoki korrupsiyaga qarshi kurashda a’zolikka tayyorligini ko‘rsatadigan dasturdir. Finlandiya va Shvetsiya misolida, NATO qabul jarayonini tezlashtirish uchun harakat rejasidan voz kechgandi.
Bundan tashqari, Kiyevga Isroilga o‘xshash xavfsizlik kafolatlari ham taklif qilinishi mumkin. Avval shunday taklif bilan AQSh prezidenti Jo Bayden chiqqandi, u 12 iyul kuni Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi kutilyapti. AQSh, Germaniya va boshqa G7 davlatlari, jumladan, Britaniya va Fransiya Ukrainaga ham shunday va’dalar berishi mumkin. Germaniya hukumatidagi manbalarga ko‘ra, qo‘shma bayonot qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Ukraina-NATO kengashini tuzish va Kiyevga yangi harbiy yuklarni muhokama qilish rejalashtirilgan. NATO Kiyevga sovet harbiy texnikasini NATOning zamonaviy uskunalari bilan almashtirishga yordam berish uchun ko‘p yillik yordam dasturi haqida qaror qabul qilmoqchi. Bu maqsadlar uchun dastlab 500 million yevro ajratish rejalashtirilgan.
Bir necha oylik qarshiliklardan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiya ittifoqqa qo‘shilishi to‘g‘risidagi aktni Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishini ta’minlashga va’da berdi. Bu haqda Yyens Stoltenberg vositachilik uchrashuvi arafasida ma’lum qildi. Shuningdek, Shvetsiyaga NATOning 32-a’zosi bo‘lish imkonini beradigan qonun Vengriya tomonidan ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024