O‘zbekiston | 09:58 / 12.07.2023
6677
2 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

Foto: Madaniy meros agentligi axborot xizmati

Prezident qarori bilan Bahodir Abdikarimov O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Abdikarimov 2022 yilning 2 iyunidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son va 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son farmonlari bilan Turizm va madaniy meros vazirligidan ajratilgan holda Madaniy meros agentligi faoliyati qayta tashkil etildi.

Undan avval Bahodir Abdikarimov Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2021 yil aprel oyida prezident farmoni bilan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etilgan. 

Agentlik davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulkini asrash bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi sifatida belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid