Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7,3 ming dollardan boshlanadigan narx - Hyundai Exter krossoveri taqdim etildi
Hyundai kompaniyasi o‘zining eng ixcham krossoveri Exter’ni rasman taqdim etdi. Avtomobil Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan.
Exter 1,2 litr hajmli 83 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Uzatmalar qutisi ikki xil bo‘lib, komplektatsiyaga qarab taqdim etiladi — mexanik va robot. Old g‘ildiraklar tortuvchi hisoblanadi.
Exter’ning 7,3 ming dollar turadigan bazaviy komplektatsiyasida 6 ta xavfsizlik yostiqchasi mavjud. ABS sistemasi bilan ta’minlangan. Top versiya uchun 12 ming dollar narx belgilangan. Unda mediatizimni boshqarish uchun 8 dyuymlik displey, iqlim nazorati, kruiz-nazorat, lyuk kabi qulayliklar joriy etilgan.
Mashinaning uzunligi 3815 mm, eni 1710 mm, bo‘yi 1631 mmni, g‘ildiraklar bazasi esa 2450 mmni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
08:20 / 07.09.2024
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi
11:36 / 24.10.2023