Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklar tadbirlarni moliyalashtirishga oid ma’lumotni ochiq e’lon qiladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi.
Ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan “Budjet kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan tumanlar va shaharlar hokimliklari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z saytlari hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirishi nazarda tutilyapti.
Deputatlar fikricha, qonun loyihasi qabul qilinishi moliyaviy nazoratni takomillashtirish, budjet jarayoni ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi. Moddama-modda muhokamalardan so‘ng loyiha deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Bundan tashqari, majlisda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:15 / 05.05.2025
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
14:46 / 14.04.2025