O‘zbekiston | 07:43 / 14.07.2023
5603
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Navoiydagi granit va marmar konlariga qiziqish bildiryapti

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyning CCSP kompaniyasi rahbari Yuan Ji Joun bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

CCSP kompaniyasi rahbari viloyatdagi granit, marmar va dolomit konlariga qiziqish bildirdi. Shuningdek, kompaniya sanoat korxonalari uchun havo filtrlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha izlanishlar olib borayotgani ma’lum qilindi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Navoiy viloyati hokimi investorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, Xitoy korxonasi vakillari mavjud karerlar va sanoat hududlari bilan tanishtirilishini bildirdi.

CCSP kompaniyasi muhandislik dizayni va texnik modifikatsiyasi, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, aqlli zavod qurish, «yashil» texnologiyalarni loyihalash kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

Mavzuga oid