Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti O‘zbekistondagi elchini ishdan bo‘shatdi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning farmoni bilan Yazguli Mammedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi.
«Turkmenistan segodnya» davlat axborot agentligining yozishicha, davlat rahbari «boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan» tegishli farmonni imzolagan.
Yazguli Mammedov 2018 yil iyul oyida O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney Dorussalom davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan.
Yazguli Mammedov 2012-2018 yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Shiri Shiriyevni almashtirgan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025