Jizzaxda ikki kishi YTH oqibatida vafot etdi
Sharof Rashidov tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashgan.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 15 iyul kuni soat 06:45 larda 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining 18-kilometrida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti'ni boshqarib borayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashgan.
Natijada har ikkala mashina haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu transport vositalarida bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan RShTYaIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
17:41 / 12.11.2024
Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus boshqaruvni yo‘qotib YTH sodir etdi
23:06 / 11.11.2024
Toshkentda «garmoshka» avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi jarohat oldi
21:11 / 11.11.2024