Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahbarlar faoliyati samaradorligini baholovchi axborot tizimi ishga tushiriladi
Rahbarlar faoliyati samaradorligini baholovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, rahbarlar faoliyatining samaradorligini baholashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi - samaradorlik.uz sinov tariqasida ishga tushirildi.
Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish” hrm.argos.uz axborot tizimi joriy etildi.
Mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan nomzodlarni tanlab olish bo‘yicha zaxira.argos.uz manzilida maxsus platforma ishlab chiqildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan xorijiy turdosh tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik asoslarini belgilaydigan 6ta ikki va ko‘p tomonlama hujjat va memorandumlar imzolandi. Shulardan 4tasi oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolandi.
Mavzuga oid
08:24 / 28.03.2024
Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
10:16 / 14.03.2024
Ijro organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimi takomillashtiriladi
08:14 / 19.09.2023