O‘zbekiston | 18:54 / 21.07.2023
4289
1 daqiqa o‘qiladi

«Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi» yagona milliy portali ish boshladi

Unda fuqarolardan Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

Saytdan skrinshot

O‘zbek, qoraqalpoq va xorijiy tillarda «Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi» yagona milliy portali ishga tushirildi.

Mazkur portal orqali qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

Fuqarolar Konstitutsiyadagi har bir modda bo‘yicha portalda takliflarini qoldirishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid