Abduqodir Husanov «Lans»ga o‘tishga yaqin – L'Equipe
O‘zbekiston yoshlar va milliy jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin.

Foto: O‘FA
L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, Belarusning «Energetik-BGU» klubi himoyachisi Fransiyaga yetib borgan. 19 yoshli Husanov Lans shahrida bo‘lib turibdi va tez orada uning o‘tishi amalga oshishi kutilmoqda.
Lansliklar yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida «PSJ»dan (85) bir ochko kam (84) jamg‘arib, 2-o‘rinni egallagan holda Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgandi.
Avvalroq, O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U20) safida Osiyo chempioni bo‘lgan va Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi JCh-2023da ishtirok etgan Abduqodir Husanovning o‘yinlari yevropalik skautlar tomonidan kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum Minsk klubi safida 8 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy jamoasi safida CAFA Nations Cup-2023 bahslarida debyutini o‘tkazdi.
Mavzuga oid

21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida

00:15 / 22.03.2025
Abduqodir Husanov Shavkat Mirziyoyevga «Manchester Siti» formasini sovg‘a qildi

18:53 / 18.03.2025
Husanovning transfer narxi 35 million yevroga yetdi. Bu – Markaziy Osiyo uchun yangi rekord

16:18 / 17.03.2025