Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi
Hukumat qarori bilan pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urug‘i uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
2026 yil 1 yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shunga ko‘ra:
- birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi (20 maygacha);
- uchinchi va to‘rtinchi mavsum uchun Manzilli ro‘yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim etiladi (20 avgustgacha);
- qo‘mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag‘larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi (10 ish kunida).
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025