Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi
Pasport Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan beriladi.
Hukumat qarori bilan «Sportchilarga sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, sport pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadli, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
Pasport Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan beriladi.
16 yoshga to‘lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinishi lozim.
Cport pasportining amal qilish muddati – 5 yil bo‘lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishda;
- sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda;
- tibbiy tekshiruvdan o‘tishda;
- sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHM 1/6 qismi (55 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Bunda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi.
Mavzuga oid
11:40 / 02.07.2024
Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi
12:46 / 01.05.2024
Toshkentdagi barcha tuman DXMda xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
10:48 / 11.04.2024
17 ta turdagi xulosalar DXM va YaIDXP orqali beriladi
19:04 / 19.10.2023