Jahon | 11:36 / 26.07.2023
9006
2 daqiqa o‘qiladi

Xodorkovskiy Strelkov siyosiy sababga ko‘ra ta’qibga uchraganini ma’lum qildi

Girkinga qo‘yilgan ayblov noqonuniy va uni Rossiyada siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinayotgan shaxsga aylantiradi, deb yozadi Xodorkovskiy.

Foto: Reuters

Muhojirlikda bo‘lgan rossiyalik muxolifatchi Mixail Xodorkovskiy Igor Strelkov (Girkin)ning ta’qib qilinishini noqonuniy deb bilishini aytdi

«Har qanday fikr bildirish, hatto o‘ta yoqimsiz fikr bildirish jinoyat emas, bu Girkinga qo‘yilgan hozirgi ayblov noqonuniy ekanini va uni Rossiyada siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinayotgan shaxsga aylantirayotganini anglatadi. U bu ayblov bo‘yicha oqlanishi kerak», deb yozdi Xodorkovskiy o‘zining Telegram-kanalida 25 iyul, seshanba kuni.

Shu bilan birga, u 2014 yil iyulida Donbass osmonida urib tushirilgan Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti ishi bo‘yicha Niderlandiya sudining qaroriga ko‘ra Strelkovni jinoyatchi deb bilishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Xodorkovskiyga ko‘ra, Strelkov «2014 yilda Kreml buyurtmasi bilan Ukrainada qurolli provokatsiya uyushtirganlikda aybdordir».

Avvalroq muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy ham internetda ekstremistik faoliyatga undaganlikda ayblanib, hibsda saqlanayotgan Strelkovni siyosiy mahbus deb atagandi. 

Mavzuga oid