Jahon | 10:11 / 28.07.2023
5416
2 daqiqa o‘qiladi

London Fridman va Avenga muzlatib qo‘yilgan pullarini sarflashga ruxsat berdi

Britaniya hukumati rossiyalik milliarderlarga qarshi sanksiyalar bo‘yicha istisnolarga yo‘l qo‘yib, muzlatilgan hisoblardan yuz minglab yevro sarflashga ruxsat berdi, deb yozadi NYT.

Foto: Mikhail Svetlov/Getty Images

Buyuk Britaniya hukumati sanksiyaga uchragan rossiyalik milliarderlarga muzlatib qo‘yilgan hisoblardan yuz minglab dollar sarflashga, jumladan, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga pul to‘lashga ruxsat berdi. Bu haqda 27 iyul, payshanba kuni The New York Times ismi oshkor etilmagan suhbatdoshlar va hujjatlarga tayanib xabar bermoqda. 

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, cheklov choralaridan istisnolar biznesmenlarga muzlatilgan aktivlarning bir qismidan foydalanishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalar shaklida berilgan. Ayrim hollarda rossiyalik milliarderlar yiliga million dollardan ortiq mablag‘ sarflashi ham mumkin.

Xususan, «Alfa-bank» hammuassisi Mixail Fridman 2022 yilda 19 nafar xodim, jumladan, haydovchilar, shaxsiy oshpazlar va farroshlarga xizmat ko‘rsatishi uchun litsenziya oldi. Xizmatkorlarni o‘n oy davomida saqlash Fridmanga 300 ming funt (taxminan 350 ming yevro)ga tushdi. Yana oyiga 7000 funt (taxminan 8000 yevro)ni Fridmanga oilasining asosiy ehtiyojlari uchun sarflashga ruxsat berildi, deb yozadi NYT. 

Fridmanning sobiq hamkori Petr Avenga Buyuk Britaniya hukumati oylik 60 000 funt (70 000 yevro) miqdoridagi mablag‘ni tasdiqladi. Ushbu summaning 50 ming yevroga yaqini tadbirkorga jarimalardan qochishda yordam berishi mumkinligi sababli tergov ostida qolayotgan Avenning moliyaviy boshqaruvchisi qo‘riqlash kompaniyasi hissasiga tegishli bo‘ladi.

Mavzuga oid