Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgustda Oy ikki marta to‘ladi
Bu so‘nggi 42 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ladi.
2023 yil avgustida noyob astronomik hodisa ro‘y beradi: Oy ikki marta – 1 va 31 avgustda to‘ladi.
Bunday holat 2000-2042 yillar oralig‘ida faqat bir marta sodir bo‘ladi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, ikkita to‘lin oy orasidagi vaqt oralig‘i 29,53 kun.
31 avgust kuni super Oy hodisasi yuz beradi, bunda yerliklar 2023 yildagi eng katta to‘lin oyni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Shu kuni oy perigeyga (Yerdan minimal masofa) yaqinroq bo‘ladi.
Astronomlarning fikricha, to‘lin oy fazasining Oy orbitasining perigeyiga eng yaqin mos kelishi 2023 yil 31 avgustga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
16:48 / 05.05.2025
1972 yili Veneraga uchirilgan zond yaqin kunlarda Yerga qulaydi
17:51 / 17.04.2025
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
17:01 / 28.03.2025