Sport | 13:38 / 29.07.2023
15679
1 daqiqa o‘qiladi

«Sherlar»ning g‘alabasi bilan tugagan Toshkent derbisidan fotojamlanma 

28 iyul kuni «Jar» stadionida Superlaga 14-turi doirasida «Olimpik» – «Paxtakor» o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab Diyor Xolmatovning 3-daqiqadagi tezkor goli mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 33-daqiqada esa mehmonlar vakili Muhammadqodir Hamraliyev maydondan chetlatildi. Bu «Paxtakor»ning o‘yiniga u qadar salbiy ta’sir qilmadi. Ikkinchi bo‘limda Dragan Cheran oradagi farqni oshirdi – 0:2.
  
Shu tariqa, Maksim Shatskix shogirdlari ikkinchi davrani g‘alaba bilan boshlab, jadvalda peshqadamga aylanib oldi. Ayni pallada «sherlar» hisobida 31 ochko bor. Temur Kapadze boshchiligidagi «Olimpik» esa 16 ochko bilan 9-pog‘onada qolmoqda. 

Tribuna.uz muxbiri ushbu bellashuvdan fotojamlanma tayyorladi. 

Mavzuga oid