Jahon | 18:58 / 29.07.2023
6404
2 daqiqa o‘qiladi

YuNESKO maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi davlatlarining chorak qismi allaqachon taqiq joriy qildi.

Foto: Ismael Martínez Sánchez/ProFuturo

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat agentligi (YuNESKO) maktablarda smartfonlardan foydalanishni butunlay taqiqlash kerak, deb hisoblaydi. Bu bolalar darslardan kamroq chalg‘ishi va yaxshiroq o‘qishi uchun kerak. Shuningdek, u bolalarni kiberbullingdan himoya qilishga yordam beradi.

YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, mobil telefonlardan haddan ortiqcha foydalanish va fanlarni yomon o‘zlashtirish bilan bog‘liq dalillar mavjud. Tashkilotning ta’kidlashicha, raqamli texnologiyalarning ta’lim natijalari va iqtisodiy samaradorlikka ijobiy ta’siri ortiqcha baholab yuborilgan.

«Hamma o‘zgarishlar taraqqiyotni anglatmaydi. Biror narsa qilish mumkin bo‘lganligi, buni qilish kerak degani emas», deyiladi YuNESKO raqamli kutubxonasi tomonidan chop etilgan 400 sahifalik hisobotda.

Tashkilotning fikricha, ta’lim sohasidagi raqamli texnologiyalar zarar emas, foyda keltirishi uchun mamlakatlar aniq qoidalarni ishlab chiqishi kerak.

Qayd qilinishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlarining chorak qismi allaqachon maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlagan.

Mavzuga oid