Bloger Olimjon Haydarov qamoqqa olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tovlamachilikda ayblanib, ushlangan bloger Olimjon Haydarovga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 29 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida Qo‘qon shahar prokurorining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan Olimjon Haydarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.
Sudning 29 iyuldagi ajrimi bilan Qo‘qon shahar prokurorining iltimosnomasi qanoatlantirilib, Olimjon Haydarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.
Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, u 12 iyun kuni «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirgan. Fuqaro ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylashtirgan.
Qo‘shimcha ravishda, bloger «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksi MChJ rasmiylaridan tovlamachilik yo‘li bilan moddiy mablag‘ undirishga uringan. O‘zi tomonidan tayyorlangan «Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?» nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga 10 ming dollarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan. Bloger umumiy qiymatda 7,5 ming dollarni qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2 500 dollarni olayotgan vaqtida tezkor tadbir vakillari tomonidan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
17:40 / 22.11.2024
Bloger Qobil Do‘sov vazir o‘rinbosarini haqorat qilganlikda aybdor deb topildi
15:20 / 02.09.2024
Eronda tviti oyatullohning postidan ko‘proq layk olgan bloger 12 yilga qamaldi
10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
20:06 / 07.08.2024