O‘zbekiston | 08:52 / 04.08.2023
4158
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qadoqlangan milliy taomlari BAAga eksport qilinishi mumkin

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxona xodimlari AL AIN FC kompaniyasi direktori Said Juma bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Unda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning holati, istiqbollari, O‘zbekistondan ushbu mamlakatga eksportni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Said Juma O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ho‘l mevalar, sabzavotlar va qadoqlangan milliy taomlarni BAAga eksport qilishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy ishlarni boshlash maqsadida O‘zbekistondagi hamkor tashkilotlar bilan muzokaralarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid