Sport | 19:48 / 05.08.2023
14425
1 daqiqa o‘qiladi

Buffon Italiya milliy jamoasida ish boshladi

Janluiji Buffon Italiya milliy jamoasida ish boshladi.

Foto: Getty Images

Yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan 45 yoshli sobiq darvozabon Italiya milliy jamoasida delegatsiya rahbari sifatida ish boshlashini ma’lum qildi.

Buffonga qadar Roberto Manchini bosh murabbiyligidagi Italiya milliy jamoasida delegatsiya rahbari sifatida Janluka Vialli ishlagan edi. Italiyalik sobiq futbolchi 2022 yilning dekabr oyida o‘z lavozimini tark etgan, bir oy o‘tib, 2023 yilning yanvarida uzoq davom etgan kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgandi. 

2010 yil Buffon Italiya milliy jamoasi sardoriga aylangan bo‘lsa, 2018 yilda milliy jamoadan ketishini e’lon qilgandi. 

U faoliyati davomida 5ta jahon chempionatida (1998, 2002, 2006, 2010, 2014) qatnashgan. 2006 yil Germaniyada o‘tgan mundialda bosh sovringa ega chiqib, turnirning eng yaxshi darvozaboniga aylangandi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid