Sport | 16:52 / 05.08.2023
17569
2 daqiqa o‘qiladi

«Rizaspor» Husniddin Aliqulov transferini e’lon qildi

Foto: Rizaspor

«Nasaf» klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Turkiyaning «Rizaspor» klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 24 yoshli himoyachisi bilan «3+1» shaklida shartnoma imzolanganini e’lon qildi. U 2026 yilga qadar turk klubida faoliyat yuritadi va kelishuvni yana bir yilga uzaytirishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonlik himoyachi yangi klubida legioner emas, mahalliy futbolchi maqomida bo‘ladi. Gap shundaki, Turkiya futbol federatsiyasi qaroriga ko‘ra, Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo mamlakat o‘yinchilari Turkiyada legioner hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun, Husniddin Aliqulov Superliga joriy mavsumida 12 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan. Himoyachi «Nasaf»ning so‘nggi o‘yinida maydonga tushmagani futbolchining jarohati bilan izohlangandi. 

Turkiyaning Rizo shahri sharafini himoya qiluvchi «Rizaspor» klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, quyi ligadan Turkiya Superligasiga yo‘llanma olgan.

Mavzuga oid