Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana zilzila sezildi
Afg‘onistondagi zilzila magnitudasi 5,9 ballni tashkil etgan.
Afg‘onistonda 6 avgust kuni soat 05:32 da sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, episentri Toshkentdan 536 kilometr janubiy-sharqda joylashgan zilzila magnitudasi 5,9 ball, chuqurligi 100 kilometrga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida – 4 ball;
- Farg‘ona viloyatida – 4 ball;
- Sirdaryo viloyatida – 3-4 ball;
- Jizzax viloyatida – 3-4 ball;
- Samarqand viloyatida – 3-4 ball;
- Andijon viloyatida – 3-4 ball;
- Qashqadaryo viloyatida – 3-4 ball;
- Namangan viloyatida – 3-4 ball;
- Toshkent shahrida – 3 ball.
Afg‘onistonda 5 avgust kuni sodir bo‘lgan zilzila ham O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sezilgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025