Iqtisodiyot | 16:00 / 07.08.2023
28412
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi

Andijonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonada kuniga 6000 juft krossovka ishlab chiqarish imkoniyati bor. Yil oxiriga kelib bu quvvat 2 hissa ortishi rejalashtirilgan.

Foto: O‘zcharmsanoat

Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi «Sino International»  xorijiy kompaniyasida Nike krossovkalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zcharmsanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sport poyabzallarining tag qismlarini quyish va ustki qismlarini tayyorlash liniyalari o‘z faoliyatini boshlagan. O‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalari Nike kompaniyasining Xitoydagi filialidan kelgan texnologlar, dizayner va bichuvchilar tomonidan oshirilmoqda. Korxonada kuniga 6000 juft krossovka ishlab chiqarish imkoniyati bor. Yil oxiriga kelib bu quvvat 2 hissa ortishi rejalashtirilgan.

«Nike transmilliy kompaniyasi sport poyabzallarini ishlab chiqarish bo‘yicha har bir davlatga tegishli shtrix kod beradi. O‘zbekiston ham ushbu shtrix kodga ega bo‘ldi. Bu degani Andijondagi korxona bemalol Nike brendi tomonidan yaratilgan barcha modeldagi krossovkalarni ishlab chiqarish xuquqiga egadir», deyiladi xabarda.  

Qo‘shimcha qilinishicha, «Sino International» kompaniyasi Adidas brendi ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish ustida ham ish olib bormoqda.

Mavzuga oid