Xovos tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Akmaljon Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Hasanovich Yo‘ldoshev nomzodini tavsiya etdi.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Yo‘ldoshev Xovos tumani hokimi etib tasdiqlandi.
U.Yo‘ldoshev ko‘p yillar moliya sohasida mehnat qilib, katta tajriba to‘plagan. Mazkur tayinlovga qadar, 2022 yil noyabridan Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Sessiya davomida, shuningdek, tumanda iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xovos tumaniga 2020 yil aprelidan buyon Uchqun Kamolov hokimlik qilgan. U qachon va nima sababdan ishdan olingani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
10:34 / 05.11.2024
Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga qamaldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024