Sport | 08:21 / 09.08.2023
2827
1 daqiqa o‘qiladi

Lopetegi APL starti arafasida «Vulverhempton»dan iste’foga chiqdi

Angliya Premer-ligasi starti arafasida «Vulverhempton» klubi bosh murabbiysiz qoldi.

Foto: Getty Images

Klub rasmiy sayti jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste’foga chiqqanini e’lon qildi. «Vulverhempton» va ispaniyalik mutaxassis o‘rtasidagi kelishuv o‘zaro bekor qilingan. Lopetegi bilan birga murabbiylar shtabi ham iste’fo bergan.

Qayd etilishicha, murabbiy va klub rahbariyatining transferlar bo‘yicha kelishmovchiligi kelishuvning bekor qilinishiga sabab bo‘lgan.

Lopetegi 2022 yilning noyabr oyidan buyon «Vulverhempton»ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida «bo‘rilar» o‘tgan mavsum 19-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilib, APLdagi o‘rnini saqlab qolgandi. 

Ma’lumot uchun, APL yangi mavsumi 11 avgust kuni start oladi. «Vulverhempton» 1-tur doirasida 14 avgust kuni «MYu» mehmoni bo‘ladi.

Mavzuga oid