O‘zbekiston | 08:46 / 11.08.2023
6414
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda avtobus va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Uchtepa tumanida avtobus va Spark ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 10 avgust kuni soat 16:20 larda Uchtepa tumani THAY - Poygoh ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1963 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli avtobusi hamda 1989 yilda tug‘ilgan R.B. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:19
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan
09:55
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
21:18 / 13.10.2024
Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
11:22 / 13.10.2024