O‘zbekiston | 12:55 / 12.08.2023
16841
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Veterinar olimlar yangi antigen ixtiro qildi

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hayvonlarning brutsellyoz kasalliginining o‘ta xavfli shtamplarini erta tashxislovchi “AR, KBR va KUMBR uchun yagona brutsellyoz antigeni” ni ixtiro qildi.

Mo‘ljallangan ikki turdagi mahsulotga qo‘shimcha ravishda uch turda mahsulot ishlab chiqarilib, jami besh turga yetkazildi.

Mazkur antigen Intellektual mulk agentligida har yili o‘tkaziladigan “BEST-IP” “Eng yaxshi intellektual mulk obekti tanlovi”da “Eng yaxshi foydali model” sifatida e’tirof etildi.

Mazkur mahsulot Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi bilan hamkorlikda joylarga yetkazib berilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytga qadar jami besh turdagi 264,4 litr, qiymati 400 mln. so‘mni tashkil qiluvchi yangi antigen chorvachilik xo‘jaliklari yetkazib berilgan.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Axborot xizmati

 

Mavzuga oid